Ichkilik xumori

Ichkilik xumori – surunkali alkogolizmga mubtalo bo’lganlar ich- kilikdan voz kechganida kuzatiladigan “xumor” holati. Surunkali alkogolizm- dagi abstinent holati (sindromi). Bu somatovegetativ, nevrologik va ruhiy buzilish alomatlari yig’indisi (sim- ptomokompleks) bo’lib, muntazam ravish- da spirtli ichimlik ichadigan kishi uni ichmay qo’yganida kuzatiladi. I.x.da yuz va ko’z qizaradi, yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ko’tariladi, yurak sohasida noxush sezgi, bosh aylanishi va og’rig’i, terlash, sov-qotish, qo’l barmoklari, bu- gim va mus-kullar, shuningdek, me’da va jigar sohasida og’riq, qo’l yoki tananing qaltirashi, ich ketishi, chanqash, ko’ngil aynishi, qusish, ishtaha yo’qolishi, holsizlik, uyqu buzilishi kabi alo- matlar namoyon bo’ladi. Bunday holat ma’lum bir mikdorda spirtli ichimlik ichilsa, yo’qolgandek, bemorning umumiy ahvoli yaxshilangandek tuyuladi, lekin bu vaqtincha bo’lib, 2-3 so-atdan so’ng bu alomatlar yana ko’zga tashlanadi va kishi spirtli ichimlik to-pishga va ichishga harakat qiladi; u spirtli ichimlikni o’zining jismoniy va ruhiy holatini en- gillashtirib turish maqsadida beto’xtov ichib turishga majbur bo’lib qoladi. Bun- Day to’xtovsiz yoki “yotib ichish” bir necha kundan bir necha haftagacha va hatto bir necha oygacha davom etadi. Bemor ichkilikbozlikdan davolan- may, ichishni davom ettiravergach, I.x. sindromining alomatlari kuchayib, mu- rakkablashib unga ruhiy kasallik bel- gilari qo’shiladi. Uning kayfiyatida tushkunlik, tez o’zgaruvchanlik, ta’sir- chanlik, qo’rqoqlik paydo bo’ladi, atrof- dagilardan shubhalanish, gumonsirash, ularga ishonmaslik kabi alomatlar, shu- ningdek, o’z-o’zini ayblash, uyqu buzili- shi, yomon va qo’rqinchli tushlar ko’rish, har xil qo’rqinch va vahimalar kuzatila- Di. Ayrim hollarda bu sindrom o’tkir alkogol psixozlari — alkogol deliriy- si (oq alahlash), alkogol gallyusinozi va b.ga o’tib ketishi mumkin. Bunday dardga yo’liqqan bemor nar- kologiya shifoxonalarida shu soha mu- taxassislari tomonidan davolanadi.