Iezuitlar

Iezuitlar (lotincha “Societas Jesu” — “Iso jamiyati”) — katoliklar monaxlik ordeni a’zolari. Bu jamiyatni 1534 yilda mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 1540 yil Papa Pavel III tomonidan tasdiqlangan. U o’z oldiga katolisizmni himoya qilish va yoyish, papalik hokimiyatini mustahkamlash vazifasini qo’ydi, kontr-reformasiyaning asosiy quroli bo’lib qoldi. Iezuitlar faqat Yevropa davlatlarida emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. 1610-1768 yillarda Paragvayda “iezuit davlati” mavjud bo’ldi. Iezuitlar ordenining asosiy tamoyillari: qat’iy markazlashish, mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga so’zsiz bo’ysunishi, orden boshlig’ining mutlaq nufuzi. Iezuitlar har qanday jinoyatni, agar u Xudo yo’lida qilingan bo’lsa, oqlaydi. 20-asrda Iezuitlar klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi.