Ignaterililar
Ignaterililar (Echinodermata) -umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi bir necha millimetrdan 5 metrgacha, yulduz, bodring, dumaloq va boshqa shaklda. Voyaga yetgan Ignaterililar tanasi odatda 5 nurlik simmetriyaga ega. Skeleti ohak plastinkalardan va ko’pincha tanasi yuzasiga bo’rtib chiqib turadigan ohaq pixlar, ya’ni ignalardan iborat. Ignaterililarda ambula Kral sistema bo’ladi. Bu sistema suv bilan to’lgan naychalardan tashkil topgan. Naychalar harakatlanish organlari — juda ko’p ambulakral oyoqchalar bilan bog’langan. Ignaterililarning ayrim sinflarida bu oyokchalar paypaslagichlarga o’xshash bo’lib, nafas olish, qisman tuyg’u vazifasini bajaradi. Ignaterililarning tana bo’shlig’i ikkilamchi. Asosan, jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Lichinkasi Dipleurula deyiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. O’simlik, detrit, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Shuningdek, dengiz yulduzlari, baliqlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlar bilan oziqlanib, birmuncha ziyon keltiradi. 6 mingtacha turi ma’lum, asosan, suvi juda sho’r dengizlarda yashaydi. 5 sinf (dengiz yulduzlari, OFI-uralar, dengiz tipratikanlari, dengiz bordinglari (goloturiyalar), dengiz nilufarlari) ga bo’linadi.