Ijroqo’m buva

Ijroqo’m buva, Aminov Tursinbuva (1891-Qo’qon-1978) taniqli xalq askiyachisi. Dastlabki yillarda qishloq Kengashiga rais, jamoa mirobi bo’lgan. Ilk bor 1922 y. Bachqir qishlog’ida yuzboshi buva, Erkaqori Karimovlar bilan askiya qilishgan. Askiyani to’plash va o’rganishda olimlarga yordam berish, askiyani davr talabiga mos rivojlantirish, ayniqsa yosh askiyachilarni tarbiya qilishda xizmatlari katta. “Bedana” payrovini dangasalarga qarshi kurash bilan bog’lagan, “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?” kichik askiya shaklini payrov darajasiga ko’targan. 1963 yildan Qo’qon teatri sahnasida askiyachilarning chiqishini tashkil etgan. Y. Nosirov, O. Qodirov, A. Begimov va boshqalar uning shogirdlari. Ad.: Muhammadiev R., Askiya, T., 1970.