IJTIMOIY HIMOYA
IJTIMOIY HIMOYA — keng ma‘noda – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta‘minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy chora-tadbirlar majmui; tor ma‘noda – davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan yetarli ta‘minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi. «Ijtimoiy himoya» tushunchasi birinchi marta 1935-yilda AQSHning «Ijtimoiy xavfsizlik bo’yicha qonun» ida qo’llanilgan. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta‘minlash, aholi qatamlarining ta‘lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta‘minlashga yordam berishdan iborat.