Ikki fuqarolik, bipatridlar
Ikki fuqarolik, bipatridlar — ayni bir vaqtda 2 va undan ortiq davlat fuqaroligiga mansublik. 2 fuqarolik quyidagi hollarda yuzaga keladi: 1) farzand fuqaroligini belgi- lashda “qon huquqi”, ya’ni qaysi davlat hududida tug’ilishidan qat’i nazar, ota- onasi qaysi davlat fuqarosi bo’lsa, shu davlatning fuqarosi bo’lishlik qoidasi qo’llanadigan davlat fuqarolaridan farzand tug’ilgan vaqtda; “yurt huquqi”, ya’ni ota-onasi fuqaroligidan qat’i na- zar, qaysi davlat hududida tug’ilsa, shu davlat fuqarosi bo’lishlik qoidasini qo’llanadigan davlat hududida farzand tu-g’ilgan paytda; 2) ayol kishi Ajna- biy shaxs b-n nikohda bo’lgan paytda — agar uning mamlakati qonunchiligiga binoan u nikohsan o’tganidan so’ng fuqarolikdan chiqarilmasa, erining mamlakati qonunchiligiga binoan esa ayolni o’z-o’zidan fuqarolikka qabul qilsa; 3) fuqarolik boshqa davlat fuqaroligiga o’zgartirilgan paytda — agar fuqarolikka qabul qilgan dav- latning fuqarolikni o’zgartirish uchun oldindan roziligi olinmagan bo’lsa. Xalqaro huquqsa 2 fuqarolik muno- sabati b-n yuzaga keladigan masalalar bo’yicha yagona, hamma tan olgan tartib belgilanmagan. Umuman, aksariyat dav- latlar 2 fuqarolikka salbiy munosa- batdadir. 1930 y. Gaaga kon-ventsiyasida 2 fuqarolikni kamaytirish va tan olmaslik haqidagi xalqaro tamoyil mustahkamlangan. Umum e’tirof etgan qoidaga ko’ra, har bir shaxs faqat bir davlatning fuqarosi bo’la oladi. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik to’g’risidagi qonuniga (1992 y. 2 iyul) binoan, yagona fuqarolik jo- riy qilingan. O’zbekistonda yashovchi har bir shaxs fuqarolik huquqiga ega. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas. Yagona fuqarolik: a) dav- latning yaxlitligini; b) barcha fuqarolar bir xil huquqiy maqomga ega ekanligi- ni; v) barcha fuqarolar teng huquqligi va ularning qonuniy manfaatlari dav- lat tomonidan muhofaza qilinishini anglatadi. Shaxs 2 yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo’lgan taqdirda, u qaysi mamlakat] b-n eng ko’p uzviy bog’langan bo’lsa,: uning uchun o’sha mamlakat xuquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxs qaysi mamlakatda doimiy yashab turgan bo’lsa, o’sha mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi (FK, 1168-modda).