ILON KALTAKESAKLAR
ILON KALTAKESAKLAR (Ophiomo rus) — stsinklar oilasiga mansub kaltakesaklar urug’i. Gavdasi ilonsimon, oyoqlari kuchsiz rivojlangan yoki bo’lmaydi. Uzunligi 20 santimetrgacha. Pastki harakatchan qovog’ida tiniq tuynukchasi bo’ladi. 9 turi ma’lum, Yevrosiyoning tog’ va cho’l mintaqalarida tarqalgan. Tuproqni kavlab qurgan inlarida yashaydi, yer yuzasiga kam chiqadi. Turkmanistonda uchraydi, qizil kitobga kiritilgan.