IMANDRA
IMANDRA — Kola yarim orolining Janubiy- g’arbiy qismidagi ko’l. Rossiya Federatsiyasi Murmansk viloyatida. Maydoni 876 kilometr kvadrat, chuqurligi 67 metrgacha. Ko’l tektonik cho’kish natijasida paydo bo’lgan. Unda Orol ko’p. Ko’lga 20 ga yaqin daryo quyilib, Niva daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi. Imandraning shimoliy-g’arbiy sohilida Monchegorsk shahri joylashgan.