Imlo
Imlo (Arab. — to’g’ri yozish), or- fografiya — so’z va gaplarning, so’z qismlarining fafika vositalari yor- damida to’g’ri yozilishi; muayyan tilda- gi to’g’ri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar so’zlarning tovush tarkibi hamda so’z va uning morfologik tarki- bining yozilishi, so’zlarni qo’shib yoki alohida yozish, bosh harflarni to’g’ri qo’llash, bo’g’in ko’chirish va b. bevosi- ta yozuv b-n bog’liq bo’ladi. Shu bois I. qoidalari vaziyatga ko’ra o’zgarib ham tu- radi. Kirill yozuvidagi o’zbek adabiy tili- ning I. qoidalari 1940 y. dan shaklla- na boshlagan bo’lsa, 1956 y. da mukammal qoidalar to’plami qabul qilingan. O’zbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik I. qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv I. qoidalariga muvo-fiq ayrim so’zlarning o’zak va ko’shimchalaridagi o’zgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yozila- Di (ko’k+ga=ko’kka, bog’+ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va b.). Morfologik I. qoidasiga ko’ra, aytilishi va eshi-ti- lishidan qat’iy nazar, aynan o’z holicha yoziladi (ichdi, tushdi, boribdi; bunda qo’shimchalar — ti — ipti tarzida ta- laffuz qilinsa ham, Di, — ibdi sha- klida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga amal qilinganda esa suzlar uz holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar, geografiya, Koreya, Frantsiya va b.). O’zbek tilining lotin grafikasi asosidagi (1995 y. da qabul qilingan) alifbosi bo’yicha asosiy imlo kridala- ri O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 24 avg. karori b-n qabul qilingan. Ad.: O’zbek orfografiyasining asosiy qoidalari, T., 1956; O’zbek tilining imlo lug’ati, T., 1995.