Immunitet

Immunitet (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod bo’lish, qutulish) — tirik mavjudotlarning o’z butunligi va biologik noyobligini bu- zuvchi “yot” omillardan himoyalani-shi, qarshilik ko’rsatishi, rezistentligi. “Yot” omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sod- da jonivorlar, gelmintlar, ko’chirib o’tkazilgan a’zo va to’qimalar, orga- nizmning o’zgargan o’z xujayralari (mas, o’smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo’lgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi. Organizmni infektsion agentlar va b. yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi: 1.Filogenetik I. — anatomik va fiziologik belgilar b-n ta’minlanib, nasldannaslga o’tadigan nomax-sus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus re- zistentligi. Bu omillar patogen agent- lar b-n birinchi bo’lib aloqa qiladi,. shu- ning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko’pgina yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilariga chidamliligi ta’minlanadi. 2. Tug’ma I. (turga xos, tabiiy) — bir biologik turning ma’lum bir pathogen agentga nisbatan chidamligi bulib, nasl- dannaslga o’tadi. Mac, it, qoramol, tovu- klarning o’lat kasalligi qo’zg’atuvchilari odamlarga yuqmaydi, o’z navbatida odam- lardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qo’zg’atuvchilari hayvonlarda ka- sallik qo’zg’atmaydi. Turga xos I. uzoq yillar davomida evolyusiya natijasi- da makroorganizm b-n patogen mikro- organizmlarning o’zaro munosabati oqibatida vujudga kelgan. 3. Orttirilgan I. —hayot davomi- da organizm immun sistemasining yot antigenlar b-n ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo’lib, nasldan naslga o’tmaydi. Orttirilgan I. tabiiy va sun’iy bo’ladi. Tabiiy I. o’z navbati- da yana ikkiga bo’linadi: 1) tabiiy faol I. — yuqumli kasallikdan sog’aygandan so’ng yuzaga keladi; 2) tabiiy sust I. — onadan bolaga yo’ldosh va sut orqali o’tadi. Sun’iy I. ham ikki xil bo’ladi: 1) sun’iy faol I. vaktsinalar b-n emla- ganda hosil bo’ladi; 2) sun’iy sust I. — zardob, qon, immunoglobulin va plaz- malar yuborilgandan sung yuzaga keladi. Orttirilgan I. mikrobga qarshi (anti- bakterial I.) va uning toksinlariga qarshi (antitoksik I.) vujudga keladi. Antibakterial I. o’z navbatida steril va nosteril turlarga bulinadi. Steril I. da kasallikdan so’ng patogen mikrob organizmda saqlanib qolmaydi (ko’pgina yuqumli kasalliklarga xos). Nosteril I. da kasallik qo’zg’atuvchisi organizm- da saqlanib qolishi mumkin (Mae., sil, ich terlama, shol, gepatit kabi kasalli- Klarda), lekin odamda kasallik belgi- lari ku-zatilmaydi, ammo I. ma’lum bir sabablarga ko’ra susaysa, kasallik qaytalanishi (residiv) mumkin. Adaptiv I. bir organizm limfo- ID hujayralarini ikkinchi organizmga ko’chirib o’tkazilganda, ularning faolli- gi hisobiga yuzaga keladi. Mas., oq qon kasalligida o’zgargan qon hujayralari o’ldirilib, donor sog’lom odamdan ko’mik ko’chirib o’tkaziladi. To’qima va a’zo- larni donordan resipientga ko’chirib o’tkazishda rivojlanadigan qimoya trans- plantasion I. deb ataladi. Bu himoya ko’chirib o’tkazilgan to’qima va a’zolar- ning bitib ketmasligiga va ularning ne- krozga uchrashiga sabab bo’ladi. Muayyan to’qima va a’zoda ma’lum bir omilga qarshi rivojlangan himoya mahalliy I. deb ataladi. Bu himoya sirtqi immun sistema a’zolarining FA- olligi hisobiga yuzaga keladi. Organizmda uni kasallik qo’zg’atuvchi har xil mikroorganizmlar va boshqa “yot” omillardan himoya qiluvchi tabiiy vositalar mavjud (organizmning no- maxsus rezistentligi): teri va shilliq qavatlarning mexanik to’siqlik vazifa- si, limfa tugunlaridagi yallig’lanish, organizm suyuqliklarining (so’lak, ko’z yoshi, me’da-ichak, nafas va siydiktano- sil yo’llarining shilliq moddalari, limfa, qon zardobi tarkibidagi lizo- Tsim, interferon, komplement, Proper- din kabi omillar) bakterisid va normal mikrofloraning antagonistik ta’siri, fagositoz qiluvchi hujayralar va tabi- iy kil-lerlar faolligi, organizmning fizi-ologik reaktsiyalari va b. Nomax- sus chi-damlilik qudratli himoya omili bo’lib, makroorganizmning ichki muhiti barqarorligi (gomeostazi) ni doimiy ravishda ta’minlab turadi. Organizm limfoid to’qimalarining “o’zinikini begonadan” ajrata olish qobiliyati umurtqali organizmlarda immun omil- lar sistemasi sifatida shakllangan. Organizmda, irsiy jihatdan begona bo’lgan antigenlarga qarshi immun javob qonlimfoid a’zolarda (immun sistema) maxsus antitelolar va limfositlar yor- damida amalga oshiriladi.