Imomi A’zam, Abu Hanifa No”mon ibn sobit al-Ko’fiy
Imomi A’zam, Abu Hanifa No”mon ibn sobit al-Ko’fiy (699, Ko’fa — 767, Bag’dod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis. “Abu Hanifa” uning kunyasi, “Imomi A’zam” (“ulug’Imom”) ulug’ligining e’tirofi o’laroq berilgan unvon. Asli fors bo’lib, o’ziga to’q, zodagon oila- dan. Olim va Fozil insonlar orasida voyaga etdi. Otasidan qolgan katta boy- likni ilm yo’lida sarf etdi. Yoshlik- dan Qur’onni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni o’rgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning ta’limini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obro’li faqihi bo’lib etishdi va o’zi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor.I. A. 747-48 y.larda Iroq hokimi ibn Hubayra ta’qibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoli- yatini davom ettiradi. Xalifa AlMansur (754-775) unga yangi poytaxt Bag’dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavo- zimini egallashni taklif qiladi. Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda Man- sur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga zahar ichir- gan va u zot shu sababdan shahid bo’lgan, degan rivoyat ham bor. I. A. Islom ulamolari orasida eng etuk olimlardan edi. U odamlar- ga qulay, toliblarga engil bo’ladigan yo’lni topishga muvaffaq bo’ldi: shar’- iy ilmni birinchi bo’lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. I. A.ning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmla- riga oid bir necha kitoblari mavjud: “Kitob as-salot” (“namoz ahkomlari kitobi”), “kitob almanosik” (“Haj ki- tobi”), “kitob ash-Shurut” (“shartnoma- lar haqida kitob”), “kitob alfaroiz” (“Meros ilmi haqida kitob”), “kitob al-olim val-mutaallim” (“Ustoz va sho- gird haqida kitob”), “kitob al-fiqx al-Akbar” (“katta fiqh kitobi”), “Ki- tobi al-vasiya” (“vasiyatnoma kitobi”) va b. I.A.ning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir. I. A. faqihlarning ustozi. O’rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy I. A. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326 hijriy (mil. 1907/08) yilda Misr- da chop etilgan. I. A.dan ta’lim olgan shogirdlar za- monasining etuk peshvolari bo’lib etish- gan. Ana shunday shogirdlardan biri Abu Yusuf bo’lib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan o’z navbatida ustozidan olgan barcha ilmini Imom Shofi’iyga o’rgatgan. Hadislarni saralashga mohir bo’lgan, har bir ma- salani dalillay oladigan Zufar ibn Xuzayl ham I. A.ning ko’zga ko’ringan ashoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn ziyod I. A.ning “adab al-kadi” (“qozining odobi”), “Annafaqot” (“nafaqalar”), “Faroiz” (“meros ilmi”) kabi Kito- blarini yozib tugatdi. I. A.ning o’g’li Xammod va nabirasi Ismoil ham shar’- iy ilmlar borasida etuk allomalar edi, ular turli shaharlarda qozilik mansabi- da ishlashgan. Hurosonda birinchi bo’lib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn mubo- rak ham I. A.dan ta’lim olgan. Dunyoning ko’pgina joylarida, jum- ladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmonlar I. A. mazhabi qoidalari asosida ibodat qilib kelmoqdalar. Ad.: Samarqandiy Vasliy, Imomi A’zam tarixi, T., 1995; Qodirov 3., Imo- mi A’zam, T., 1999. Abduqayum Azimov.