Indeys tillari
Indeys tillari – Amerika tub (eskimos va aleutlardan tashqari) aholisining tili. Turli manbalar- ga ko’ra, bu tillarda 35 mln.ga yaqin kishi so’zlashadi (1992). Bu tillarning barchasi ham genetik jihatdan to’liq o’rganilmagan. Eng so’nggi ma’lumotlar- ga ko’ra, quyidagi I.t. oilasi mavjud: 1) nadene (Alyaska va shim.-G’arbiy Kanada, AQSh va Meksikaning ba’zi hududlarida tarqalgan), tlingit va hayda (Jan. Alya- SKADA); 2) alkonkin-ritvan (Sharqiy va Jan. Kanada, Shim.Sharqiy AQSh), rit- van (viyot va yurok — Kaliforniyada) va b.; 3) penutian — Kaliforniya-penutian tillari (mivok, yokuts va b. — Kali- forniyada); 4) xokaltek (Kaliforniya, Arizona va Meksika viloyatlarida); 5) Kado-irokez — irokez tillari (appa- lachi, Avliyo Lavrentiy daryosi bo’ylab, Eri, Ontario o.lari); 6) SIU (saska-che- van va Montanadan to Jan.shar-qiy Ar- kanzasgacha); 7) Yuto-astek (G’arb. AQSh — Nevada, yuta, Kolorado, Texas va b. Shtatlarda); 8) Mayya-soke (Sharqiy, Jan. Sharqiy Meksika, to’liq Yukatan va Gvate- malada); 9) oto-mi-mishteksapotek (Mar- kaziy va Jan. Meksika, Nikaragua Jan. va Kosta Rikada); 10) chibcha (Kosta Rika, Panama, Kolumbiya, Venesuela, Ekvador, Peruning bir qis-mi); 11) • aravak (Kat- ta Antil o. Sharqiy Kolumbiya, Shim. Venesuela, Gviana, Ama-zonkaning o’rta va yuqori qismida, Jan. Amerikaning G’arb hududlarida); 12) kechua-aymara ke- Chua (Jan. Ekvador, G’arbiy Peru va bo- Liviya, shim. Chilida) va aymara (Boliviya va Jan.Sharqiy Peruda); 13) je (Brazili- yaning sharqi, Jan. va Markaziy qismida); 14) tupi-guarani (shim., Sharqiy, Jan. Braziliya, Paragvay, Shim. Argentina, Urugvay va b.da) I. t. grammatikasi juda xilma-xil. Inkorporativ, ya’ni polisin- tetik tillar (kaddo-irokez, Yuto-astek oilasidagi) ko’pchilikni tashkil etadi. Agglyutinativ (affiksasiya va so’zlarni qo’shib so’z yasash kuchli) bo’lganlari ko’p, flektiv tillar ham mavjud. I. t.ning ko’pchiligi yozuvsiz. Mayya, kechua, sapotek va aymara tillariga oid ieroglif yozuv- li yodgorliklar saklanib krlgan. Ame- Rika qit’asini evropaliklar istilo qilgandan so’ng tupi (Braziliya), astek, kechua, va ba’zi b. tillar lotin alifbo- si asosidagi yozuvga o’tdi, bu yozuvda Di- niy va dunyoviy mavzudagi adabiyotlar vujudga keldi. Hoz. guarani (Paragvay), kechua va qisman aymara tillari milliy adabiy til makrmiga ega. So’nggi davrda paydo bo’lgan ilmiy adabiyotlarda I.t. qad. turkiy tillar b-n qarindosh degan qarashlar ham ilgari surilmoqda.