Indiana
Indiana — AQShning shim.dagi shtat. Michigan ko’li b-n Ogayo daryosi oralig’ida. Mayd. 94 ming km2. Aholisi 6,1 mln. kishi, shuning 65% shaharlarda yashaydi (2001). Ma’muriy markazi va eng katta shaxri — Indianapolis. Er yuza- si o’r-qirli tekislik. Eng baland joyi 378 m. Iqlimi mo”tadil kontinental, yozi issiq. Yillik o’rtacha yog’in 1000 mm. O’rmonlar deyarli qirqib tugatilgan. I.— industrial-agrar shtat. Sanoa- tining etakchi tarmoqlari: umumiy ma- shinasozlik (samolyot, raketa va mashi- na dvigatellari, yo’l mashinalari, q. x. qurollari, radioelektronika asboblari i. ch.) va qora metallurgiya (cho’yan va po’lat eritishda AQShda etakchi o’rinda). Kimyo, kimyo-farmasevtika, rezina, oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlangan. I. “makkajo’xori mintaqasi”ning Sharqiy chekkasida joylashgan. Tuprog’i qoratuproq. Asosiy ekinlari: Makka- jo’xori va bug’doy. Chorvachilik k,, x. to- var mahsulotining yarmidan ko’prog’ini beradi. Ogayo daryosi va Uobash daryosi- ning quyi qismida kema qatnaydi. I. hududida evropaliklar kelgun- ga qadar indeyslarning ko’p sonli qa- bilalari yashagan. I.ni 17-a. oxirida frantsuzlar egalladi. 1763 y.dan Buyuk Britaniya mulki. 1783 y.dan AQSh tarki- bida. I. 1816 y.dan AQSh shtati.