Indikator
Indikator (lot. indico — ko’rsataman, aniqlayman) — biror ja- rayonning borishini yoki kuzatilayotgan ob’ektning holatini inson idrok eta- digan qulay shaklda aks ettiruvchi as- bob (qurilma, element). Vizual (ko’rib), akustik (eshitib), taktil (se-zish, is- kash va b. ga asoslangan) va b. xillari bor. Inson axborotlarning qariiyb 90 foizini ko’rib idrok qilgani uchun VI- zual I. kengroq ishlatiladi. Vizual I. ning katta guruhini tasviriy I. lar tashkil etadi, ular ob’ektning fazodagi holatini, tasnifiy o’zgarishini grafik tarzda yoki elektron-nur trubkasi ekra- nida egri chiziq tarzida tasvirlaydi. “Hozir bo’lish effekti” ni yaratuvchi vizual I. dan foydalanilganda yaxshi idroq qilinadi. Mac, samolyotning bir necha I. ko’rsatayotgan vaziyati samolyotni tus-mollab qo’ndirish asbobidagi bitta ko’rinadigan shartli tasvir — ob’ek- tning ekranda siljishi b-n almashti- riladi (1-rasm). Kuzatilayotgan ob’ekt yaxshi ko’rinmaydigan joylarda akustik I. qo’l keladi. Ob’ektdan keladigan sig- nallarni darhol sezish lozim bo’lgan hollarda taktil I. vizual I. b-n birga qo’llaniladi. Tuzilishiga ko’ra, signal I. i (Lam- palar, qo’ng’iroq, richag va b.), milli (minut, metr, kilogramm, gradus va b. ga bo’lingan shkalali), raqamli, tasviriy (yaqqol), proektsion (elektron-nur trub- kali) va aralash I. lar buladi. Vazifa- siga kura, rostlash, ulchash, radiolokasiya va b. xillarga bo’linadi. Konchilikda plun-\jerli nasosning klapanlari ishi- ni nazorat qilib turadigan rostlash I. i qo’llaniladi. M ash inasozlikda berilgan o’lchamdan og’ish qiymatini ko’rsatadigan o’lchash I. i ishlatiladi (2-rasm). Radio- lokasiya I.iradiolokatorning ta’sir doirasida ni-shon paydo bo’lganini ko’rsatadi va uning koordinatalarini aniqlab beradi.