Ingibitorlar
Ingibitorlar (lot. inhibeo -to’xtataman, ushlab turaman), biologi- yada — tirik organizmda, shuningdek, hujayrasiz sistemalarda fermentlar faolligini susaytiradigan moddalar. I.ning tabiiy va sintetik xillari bor. Organizmda moddalar almashinu- VI mahsulotlari tabiiy I. va-zifasini o’tashi mumkin. Fermentlarning katali- tik ta’sirini o’rganish, oqsillar funk- tsional guruhlarining tabiati hamda moddalar almashinuvida har xil Fer- mentativ jaraenlarning ahamiyatini aniqlash maqsadida I. ko’p ishlatila- Di. I. katta amaliy ahamiyatga ega. Mas, zararkunanda hasharotlar va begona o’tlarga qarshi kurashda foydalaniladi- gan zaharli kimyoviy moddalarning sama- rasi bu moddalarning za-rarkunandalar hayoti uchun muhim bo’lgan jarayonlarni susaytirishi b-n bog’liq. Ba’zi dorilar- ning ta’sir etish mexa-nizmi ham ular- ning organizmdagi fermentativ reaktsi- yalarni to’xtatishiga asoslangan. Kengroq ma’noda “I.”termini murakkab jara- yonlarni tuxtatuvchi yoki susaytiruvchi moddalarni ifodalash uchun ishlatiladi (mas, o’simliklarning o’sish ingibitor- lari, korroziya ingibitorlari, kimyoviy ingibitorlar).