Injil, Evangeliya
Injil, Evangeliya (Yun. euangelion — xushxabar) — Iisus Xristos (Iso Masih) haqida hikoya qiluvchi xristian- lik asarlarining umumiy nomi. Bibliya- ning bir qismi. Yahudiylarning Qadimgi ahdchaan farq qilish uchun I. Yangi ahd deb nomlangan. Qonunlashtirilgan (Cher- kov tomonidan “yangi ahd” tarkibiga kiritilgan) va qonunlashtirilmagan (ibodat chog’ida qo’llanilmaydigan) asarlarga bo’linadi. Yunon tilida yara- tilgan. 2-a. lardan boshlab yuz yilli- klar davomida tarkib topa borgan. 4-a. boshida yaxlit holga kelgan va cherkov tomonidan xristianlarning muqaddas kitobi, deb e’lon qilingan. Asosiy qismi apostollardan Matfey, Mark, Luka va Ioanning Iisus hayoti va ta’- limoti yoritilgan I. lardan iborat. I. larda Iisus siy-mosida insonlar uzok, kutgan va ularga najot yo’lini ko’rsatib bergan messiya (Masiho) ning dunyoga ke- lishi, o’z liniy qarashlarini targ’ib etishi, ko’rsatgan mo”jizalari, odam zo- tining gunohlarini yuvish uchun chekkan uqubatlari, xiyonat tufayli ayblanib, chor-mix qilinishi va so’ng qayta tiri- lishi haqidagi rivoyat hamda xotiralar keltirilgan. Ayrim rivoyatlarda Iisus inson va Masih sifatida talqin qilinsa, boshqalarida inson qiyofasidagi Xudo, tirilgandan so’ng esa ota-Xudo huzuriga qaytib borgan o’g’il-Xudo deb ta’kid- lanadi. I. da uning tarji-mai holiga oid voqealar b-n yonma-yon payg’ambarona hikmatli so’zlari, ib-ratomuz Masalla- ri kjsak badiiy US-lubda bayon etila- Di. Shuningdek, 2 ulug’apostol — Petr va Pavelning yahudiylar va majusiylar orasida dinni yoyish maqsadida amalga oshirgan ishlari, ko’rgan mashaqqatlari to’g’risidagi hikoyalar, qad. Rimdagi ay- Rim yirik shaharlarning fuqarolariga, diniy jamoalarning peshvolariga yo’llangan maktublari va b. o’rin olgan. Falastin va ellinlar diyorida I. ning tarqala borishi, Rim imperatori Neron zamonida xristianlarning quvg’unga uch- rashi kabi tarixiy voqealar ham o’z AK- sini topgan. Qur’oni karimda I. ilohiy Kito- blar sirasiga kiritiladi va Alloh Iso Masihga yo’llagan kitob, deb ta’rifla- nadi. Qur’onga ko’ra, I. da Muhammad (as) ning tug’ilishi bashorat qilingan, ammo xristianlar I. ning asl matnini buzishgan. I. G’arb ma’naviyati va madaniyati ta- rixida chuqur iz qoldirgan, jahonda eng ko’p tarqalgan va tarjima qilingan asar- lar sirasiga kiradi. I. ning ilk bosma nashrlari kardinal Xime-nes (1514), Rotterdamlik Erazm (1516), aka-uka el- zevirlar (1546) tomonidan tayyorlanib, chop etilgan. O’zbek tilidagi to’liq nash- ri kirill yozuvida 1992 y. da so’zboshi, lug’at, jadval va rangli suratlar b-n birga Bibliyani tarjima qilish in-ti (Stokgolm) tomonidan chiqarilgan (tar- jimon — Ibrohim Abaev).