Inklar, Inkalar

Inklar, Inkalar (ispancha incas) — dastlab 11 —13-a.larda Peru (Jan. Ame- Rika)da yashagan kechua tillari gu-ruhiga mansub indeys qabilalari, keyinchalik — qabilalar Ittifoqi tomonidan 1438 y.da barpo etilgan Tau-antinsuyu davla- tidagi xukmron tabaqa. Bu davlatda (poytaxti — Kusko sh.) qulchilik hukm surib, I. bo’ysundirilgan qabilalardan o’lpon olishgan, jamoaning oddiy a’zolari, hunarmandlar va qullar — yanakonalarning mehnatidan foydala- nishgan. Jamiyatning asosiy ijtimoiy- iqtisodiy yacheyka-sini qo’shni jamoasi — Ai Lyu tashkil etgan. Er hukmdor — Oliy Inkaga tegishli, uning hokimiyati ilohiy hisoblangan bo’lib afsonaviy birinchi hukmdor —Manko kapak — quyosh o’g’li sifatida e’zozlangan. I. ir- rigasiyadan foydalanishgan, harbiy va ma’muriy maqsadlarda qurilish insho- otlari bunyod etishgan, “bog’ichli xat” — kipu ko’rinishida axborotlarni uzatish tizimini, shuningdek, ilk yozuvni ixtiro qilishgan, 1532 y. ispan bo-sqinchilari F. Pisarro boshchiligida I. xududiga bostirib kirganlar. Davlat talon-taroj etilib, uning madaniyati vayron etilgan. Ispanlar tomonidan bo’ysundirilgan I. kechua elati tarkibiga kirgan. I. me’morligi vasan’ati deganda, odatda, Peru, Boliviya, Ekvador va chi- lining shim.da yashagan qad. xalqlarning san’ati ko’zda tutiladi. Mil. AV. I ming yillikda bu erlarda qudratli sug’orish tizimi mavjud bo’lgan, xom g’ishtdan binolar kurilib (devorlarining qalinligi 30 sm dan 12 m gacha), ularning tashqarisi bo’rtma naqshlar b-n bezalgan, ichkarisi suvalgan, ba’zan bo’yab bezatil- gan. Xarsang toshdan mudofaa inshoot- lari qurilgan, yirik toshlardan yo’nib ishlangan binolar ham bor (mas, Peruda- gi Saksauaman qal’asining devoridagi toshlardan biri 150 t dan ortiq). Kusko- dagi asosiy Quyosh ibodatxonasi mashhur. U 3 qavat tosh devordan iborat bo’lib, de-vorlar o’z vaqtida balandligining yar- migacha oltin b-n krplangan. Devorlarga bo’rttirib ishlangan haykallar (mas, Ti- auanakodagi “Quyosh darvoza-si”), yirik tosh haykallar, sopol va metall idishlar- dagi turli afsonaviy shakllar, idishlar- ga ishlangan rasmlar (jang lavhalari, afsonaviy mavzular) xalq amaliy san’a- ti ancha rivoj topganini ko’rsatadi. So- Pol idishlarga oq yoki sargish fonda qora sir b-n bo’yab rasmlar ishlangan. Keyingi davrlarga mansub ras-mlarda hayvonlar, o’simlik va mevalar aks ettirilgan. Ol- tin, kumush, mis, jez, qo’rg’oshindan har xil idish, bezak buyumlari tayyorlan- gan. Koriqancha ibodatxonasida zargar- lar tomonidan yaratilgan “Oltin bog'” bo’lganligi to’g’risida ma’lumot bor. “Oltin bog'”da turli o’simlik, meva, qush, hayvon va kishilarning shakllari oltin va ku-mushdan tayyorlangan (bular- ning ham-masi keyinchalik istilochilar tomonidan o’zlashtirilib, yo’qotib yubo- rilgan). Iqlimning quruqligi tufayli saqlanib qolgan mato parchalarida rang- barang murakkab tasvirlar mohirona to’qilgan, tikilgan. I. san’ati Peru, bo- Liviya, Ekvador san’ati rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan.