Inkubasion davr
Inkubasion davr (lot. incubatum — tinch yotmoq), yashirin davr, inkubasiya — infektsion kasallik yuqqan paytdan tortib dastlabki belgi- lari paydo bo’lguncha o’tadigan vakt. I. D.da mikroblar va ularning toksinlari organizmda ko’payadi va to’planadi. Turli kasalliklarda I.D.ning da-vomiyligi turlicha. U odam organizmining ahvoli, infektsiyaga qarshilik ko’rsatishi, im- munitet bor-yo’kligi, shuningdek, orga- nizmga kirgan kasallik mikroblarining mikdori, viru-lentligiga, organizmga kirgan joyi va b. sabablarga bog’liq. Mu- ayyan kasallikdan saklash maqsadida I. D.ni uzaytirish mumkin. Aholi o’rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligi I. D. uzunligiga bog’liq. I. D.i qisqaroq bo’lgan infektsion kasalliklar (mas, gripp) I. D. i uzun kasalliklarga nis-batan tezroq tarqaladi. Infektsion kasallikning I. D.ini bilish tashhis qo’yish va kasallik- ning yuqish manbalarini aniqlash uchun kat-ta ahamiyatga ega. I. D. oxiriga yaqin, kasallikning ro’yirost belgi- lari to’la namoyon bo’lguncha, mas, vabo, ko’kyo’tal, skarlatina, tepki, qizamiq b-n og’rigan bemor kasallik mikroblarini tashqariga chiqaraveradi, demak, u I. D. oxiridayoqtevarakatrofdagilarga xavf tug’diradi, shuning uchun be-morni ajra- tib (alohidalab) qo’yish zarur. Bezgak, zotiljam va b. ba’zi kasalli- Klarda I. D.dan keyin kasallik belgila- ri birato’la yuzaga chiqadi. Ich terlama, qizamiq, quturish va b. kasalliklarda I. D.dan keyin xarakterli belgilar paydo bo’lguncha prodromal davr o’tadi.