Inog’omov Rahim Oxunjonovich

Inog’omov Rahim Oxunjonovich (1902 – Toshkent – 1938.5.10) – O’zbekistonda mustabid sovet rejimiga qarshi kurashgan milliy rahbar xodim- lardan biri. O’zbekiston maorif xalq ko-missari (1925-26), O’zbekiston kom- partiyasi MK matbuot bo’limi mudiri (1926). I. “O’zbekiston ziyolilari” (1926) risolasida o’zbek xalqi bol-sheviklar amalga oshirgan okt. to’ntarishiga nis- batan noxush munosabatda bo’lganligini ko’rsatgan edi. O’zbekiston yozuvchila- rining Samarqanddagi “qizil qalam” jamiyati faoliyatiga dastlab rahbarlik qilgan, “Milliy istiklol” tashkiloti a’zosi. U o’zining maqola va nutqlarida O’zbekiston Kompartiyasini Rossiya- ning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash-mayotganliqda, VKP(b)MK O’rta Osiyo byurosi va O’rta Osiyo iqtisodiy ken-gashi kabi markazning nazoratchi or- ganlarini zo’ravonlikda ayblagan. Biroq O’rta Osiyo byurosi va O’zbekiston kom- partiyam MK I. va uning ta-rafdorlarini partiyaga qarshi “inog’omovchilik guruhi” tuzishda qoralab ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashki- lotini oyoqqa turg’azdi. 1926 y. 12 dek. da O’zbekiston Kompar-tiyasi MK ijro- iya byurosi va plenumida, 1927 y. yanv.da O’rta Osiyo byurosida bu masala maxsus ko’rilib, “inog’omovchilik — mayda bur- jua va millatchilik tomonga og’ish”, deb qoralandi. 1926 y. dek.da I. o’z vazifasi- dan olib tashlandi. O’zbekiston Kompar- tiyasining 3 s’ezdi (1927 y., noyab.) I.ni “g’oyaviy jihatdan tor-mor qilin-Di”, deb hisoblab uni Qashqadaryoning eng chekka qishlog’iga ishlash uchun jo’natdi. 1930 y. 30 mayda “Kizil O’zbekistan” va “Pravda Vostoka” gazetalarida I.ning ochiq xati uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi. Inog’o-movchilikni va- lidiy (1880-1970) va Mustafo Cho’qay (1890-1941) o’zbek kommunistlarining markazning mintaqadagi xo’jayini — Urta Osiyo byurosiga qarshi dadil chiqishi, deb baholashgan edi. Mustafo Cho’qay unga Parijda chikayotgan “yosh tur- kiston” (“Yas Turkistan”) majmuasida ishtirok etishni taklif qiladi. 30-y. larning o’rtalarida I. Moskvada yashay- Di. Moskva elektr z-dida, shuningdek, Butunittifoq MIKda tarjimon bo’lib ishlaydi. U Krim ASSRning Alushta sh.da davolanayotgan payt — 1937 y. 25 avg.da qamoqqa olindi va sovet rejimi tomonidan 1938 y. 5 okt.da Toshkentda otib tashlandi. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [O’zbekiston sovet mustamla- kachiligi davrida], T., 2000; O’zbekiston tarixi (1917— 1991 i.), T., 2001. Qahramon Rajabov.