INOG’OMOV ZOKIR

INOG’OMOV ZOKIR (1919.1.1 – Toshkent — 1996.4.11) — O’zbekiston xalq rassomi (1991). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan (1936-40). Inog’omov asarlari milliy ruhi, qahramonlarining qiyofalari jonli, hayotiy ifodalanganligi bilan diqqatga sazovor. Mashhur asarlari: “Onalik”, “cho’ponning qo’shig’i”, “choyga”, “kuz” (1957), “choyxonachi” (1958), “Dalada nonushta”, “Chirchiqvodiysida” (1960), “indoneziyalik mehmon” (1961), “Xirmonda” (1966), “mosh hosili” (1980), “beshik to’y” (1983), “tug’ilgan kun” (1984). Orol mavzuida “baliq dudlash”, “Kelinchak”, “Orol” va boshqa turkum asarlar, natyurmortlar, avtoportret va boshqalar ham yaratgan.