Inolchiq, Inolchuq

Inolchiq, Inolchuq (7-1220, sa- markand) — O’tror hokimi (1210-20), Muhammad Xorazmshohning yirik sar- kardalaridan, Turkon xotunttt ama-ki- vachchasi. Majusiylikka e’tiqod qilib yurgan kezlaridagi ismi — Yagantug’di (Yagan — qad. turkiychada filni an- glatadi), Islomni qabul qilgandan keyingi ismi esa Tojuddin. G’oyrxon (yoki Qadrxon) “qudratli hokim” de- gan unvon sohibi. I. 1218 y. Chingiz- xonnnng Umar Xoja O’troriy, Jamol Marog’iy, Faxruddin Dizakiy (Jizza- xiy) al-Buxoriy, Aminuddin Hiraviy boshchiligidagi 450 kishilik savdo kar- voni O’trorga kelganda, mazkur karvon ahlining savdogarlar niqobi ostida jo’natilgan mo’g’ul josuslari ekanini fahmlab, zudlik b-n shu haqda Muhammad Xorazmshohga xabar yuboradi. Ammo, u Xorazmshohning maxsus farmon yubo- rilgungacha, karvon ahlini ehtiyotlash zarurligi xususidagi buyrug’iga e’ti- bor qilmay, ularning deyarli barchasini qatl qilib, mol-mulklarini musodara etadi. Shunda ta-sodifan omon qolgan bir mo’g’ul Pekinga qochib borib, chin- gizxonni bo’lgan voqeadan xabardor qiladi. Chingizxon Xorazmshoh huzuriga Kafraj Bug’roni 2 mo’g’ul hamrohligida elchi qilib jo’natib, I.ni ular qo’liga topshirmoqni talab qiladi. Lekin, Xo- razmshoh I.ning o’ziga yaqin qarindosh, Jasur sarkarda va qo’shinning asosiy qismida uning qavmiga mansub kishilar sarkarda ekanini inobatga olib, Chingiz- xonning bu talabini qat’iyan rad etadi- da, Kafraj Bug’ro b-n boyagi 2 mo’g’ulni qatl etdiradi (Ibn al-Asirniit yozi- shicha, faqat elchi o’ldirilib, uning hamroxlari soqollari qirqib tashlan- gan holda qo’yib yuborilgan). Shundan so’ng, I. mo’g’ullar b-n bo’lishi muqarrar jangga hozirlik ko’rib, 20 ming kishi- lik qo’shin to’playdi, Xorazmshoh unga 10 ming askarni madadga yuboradi. 1219 y. sent. da Chingizxon 100 mingdan ortiq as- kar b-n O’trorni qamal qiladi. I. 5 oy- lik qamal davomida o’z qo’shini va shahar aholisi b-n birgalikda mo’g’ullarga qattiq qarshilik ko’rsatib, ulardan bir necha minggini halok etadi. Ammo, suv va egulik tanqisligi, kuchlarning teng emasligi oqibatida mudofaachilar holdan ketib, mo’g’ullar shaharga kirish- ga muvaffaq bo’ladi. Ikki o’rtada shid- datli jang bo’lib, I. qo’shini engiladi. Otisha-otisha bir dona ham o’qi qolmagan I., vayron bo’lgan qal’a g’ishtlari b-n bir qancha mo’g’ullarni urib o’ldiradi. Oxiri, mo’g’ullar ko’pchilik bo’lib uning ustiga tashlanadida, qo’l-oyoqlarini bog’lab Samarqandga — Chingizxonning huzuriga olib boradi. Chingizxon uning ko’zu quloqlariga kumush eritib quyishni amr qiladi (yana q. O’tror mudofaasi).