INOQLAR
INOQLAR — Xiva xonligini idora qilgan sulola (1790-1873). Qo’ng’irot urug’iga mansub. Asoschisi — yirik mulkdor Muhammad Amin inoq (? — 1790). U yovmut qabilasidan chiqqan Xiva xonlariga qarshi kurashib, hokimiyatni egallagan. So’ng, Abulg’oziy III (1770-1804)ni nomigagina xon qilib tayinlab, amalda hokimiyatni yakka o’zi boshqargan. Inoqlar Xiva xonligini ruslar bosib olguniga qadar (1873) hokimiyatni shu tariqa idora qilganlar. Sulola vakillari: Avazbek (1790-1804), Eltuzarxon (1804— 06), Muhammad Rahimxon (1806-25), Olloqulixon (1825-42), Rahimqulixon (1842-45), Muhammad Aminxon (1845— 55), Abdulloxon (1855), qutlug’ Murodxon (1855-56), Said Muhammadxon (1856-65), Said Muhammad Rahimxon (1865-73).