IQLIM MINTAQALARI

IQLIM MINTAQALARI – yer yuzasida kenglik bo’ylab yoki kenglikka yaqin yo’nalishda cho’zilgan, bir- birlaridan quyoshning nur energiyasi bilan isitilishiga hamda atmosferadagi havo harakatlariga ko’ra farq qiluvchi zonal mintaqalar. Iqlim mintaqalarining hosil bo’lishiga asosiy sabab yerning kurra (shar) shaklida ekanligidir. Yer yuzida ekvatorial, 2 subekvatorial (shimol va Janub yarim sharlar uchun), 2 tropik, 2 subtropik, 2 mo”tadil, subarktika, sub-Antarktika, Arktika va Antarktika Iqlim mintaqalari ajratilgan.