Iqlimga moslashish

Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini o’tab, yashovchan avlod berishi. Iqlimga moslashish deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biosenozga moslashishi ham tushuniladi. Iqlimga moslashish 2 yo’l bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining o’zgarishi, bunday o’zgarish (modifikatsiya) avlodga o’tmaydi va organizmdagi reaktsiya normasi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyatsiya yoki turning genetik strukturasi o’zgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi o’zgarishi (haqiqiy Iqlimga moslashish). Turning genetik strukturasini belgilovchi va Iqlimga moslashishga sababchi omil tabiiy tanlanishdir. Organizmlar yangi hudud yoki joyga ko’chirilganda yoki yashash sharoiti o’zgarganda (mas, o’rmon daraxtlari kesilganda, cho’llarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) Iqlimga moslashish yuz beradi. Bunday hollarda ba’zi organizmlar boshqa joyga o’tadi yoki nobud bo’ladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, ya’ni iqlimlashadi. Iqlimga moslashish odamga ham xos. Odamlar ilgari o’zlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga ko’chib o’tib, unga faol ravishda moslashadilar, ya’ni adaptatsiya yuz beradi. O’simliklarda Iqlimga moslashish yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. Iqlimga moslashishga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega. Iqlimga moslashish hamma vaqt o’simliklarning yashash areapinn kengaytiradi. O’simliklarni iqlimlashtirish xalq xo’jaligining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. O’simliklarning Iqlimga moslashishda iqlim omillari (havo harorati va namligi, yog’inlar miqsori va taqsimoti, yorug’lik rejimi va boshqalar), tuproq tiplari va uning mikroflorasi, shuningdek, o’simlikning o’z xususiyatlari asosiy o’rinda turadi. O’simliklarning Iqlimga moslashishda geografik va sistematik uzoq shakllarni duragaylash, yovvoyi turlar bilan chatishtirish, takroriy avlodlarni o’stirishdan foydalaniladi. Shuningdek, chidamli payvandtaglarga ulash, sug’orish va o’g’itlar solish, o’sishni boshqaruvchi moddalardan foydalanish qo’llaniladi. Qishloq xo’jaligida Iqlimga moslashish biron bir ekinni ilgari o’smagan yangi hududlarga ko’chirish bilan bog’liq. Masalan, dehqonchilik amaliyotida g’alla ekinlarini iqlimlashtirish ming yillardan beri davom etib keladi. Iqlimga moslashish tufayli gilos, o’rik, tok, choy, tsitrus mevalar, evkalipt, bambuk va boshqalar yangi mintaqalarda ekiladigan bo’ldi. Yoki g’o’za yangi sharoitlar va kishilarning ehtiyojiga moslashtirilishi tufayli o’zgacha iqlim sharoitiga ega bo’lgan rayonlarga tarqalgan. G’o’zani madaniylashtirish va ularni dastlabki tarqalgan arealidan tropiklarning yuqori tog’li zonalari hamda shimoliy kengliklarga tarqalishida evolyusiyaning asosiy yo’nalishi g’o’zaning hayot tsiklini qisqartirish va uning tezpishar turlarini ajratib olishdan iborat bo’lgan. Dunyo bo’yicha g’o’za ekiladigan mintaqa 44° shimoliy kenglikdan (O’zbekiston) 35° Janubiy kenglikkacha (Avstraliya) joylashgan. O’rta Osiyoning g’o’za mintaqasi dunyo bo’yicha eng shimoliy hisoblanib, u 37° bilan 44° shimoliy kenglik oralig’ida joylashgan (u hatto 1957 yilda 47° kenglikkacha borgan). Iqlimga moslashish jarayoni o’simliklar selektsiyasida, ayniqsa, boshqa mintaqalardan keltirilgan formalardan dastlabki material sifatida foydalanilganda katta rol o’ynaydi. O’simliklarni introduktsiya qilish va iqlimlashtirish bo’yicha botanika boglari va introduktsiya parvarishxonalari katta ishlar olib boradi. Hayvonlarda Iqlimga moslashishda yashash muhitining iqlim sharoitlaridan tashqari ozuqa, mavsumiy yashash makoni bo’yicha raqobatning borligi, shuningdek, yirtqichlar va kasallik qo’zg’atuvchilar kabi omillar muhim o’rinda turadi. Odatda, yangi muxitda jiddiy raqobatchilari bo’lmagan turlar tez ko’payadi. O’zbekistonda ondatra, Amerika kora kuzani (norka), Xitoydan keltirilgan do’ng peshona, oq Amur, targ’il do’ng peshona kabi baliq turlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirildi. Xonakilashtirishning uzoq va murakkab jarayonidan o’tgan uy hayvonlarining Iqlimga moslashishda tabiiy omillardan tashqari xo’jalik omillari (ozuqa tarkibi, saqlash va parvarishlash, kasalliklarning oldini olish, naslchilik ishlari) muhim o’rinda turadi. O’zbekistonda shvis, simmental (Shveytsariya), golland (Gollandiya) qoramol zotlari, Angor echkisi (AQSh, Texas), Sharqiy Yevropa, Afrika (JAR) da Qorako’l qo’y zotlari muvaffaqiyatli iqlimlashtirilgan. Boshqa joylardan keltirib, iqlimlashtirilgan hayvonlar zotlarini mahalliy jaydari qoamol zotlari bilan chatishtirib, yuqori mahsuldor qizil cho’l, qora-ola zotlarining O’zbekiston tiplari, serjun O’zbekiston echki zoti yaratildi. Hasharotlarda Iqlimga moslashish dastlabki tarqalgan areali chegarasidagi sharoitlar o’zgarganda kuzatiladi va tabiiy yoki sun’iy yo’l bilan kechadi. Hasharotlarning Iqlimga moslashish iqlimlashgan hasharotlarning yoppasiga ko’payishi bilan birga borishi mumkin. O’zbekistonga tasodifan kelib qolgan va mahalliy sharoitda iqlimlashgan, hozirgi kunda g’o’zaga va boshqa ekinlarga juda katta zarar keltirayotgan hasharotlar jumlasiga qonli bit (Eriosoma lanigerum Haus.), komstok qurt (Pseudococcus comstocki Kuw.), Kaliforniya qalqondori (Diaspidiotus perniosus Comst.) va boshqalar kiradi. O’zbekistonda qishloq xo’jalik zararkunandalarining tabiiy kushandalari bo’lgan foydali hasharotlar va kanalar (entomofaglar va akarifaglar)shh introduktsiyalash hamda iqlimlashtirishga jiddiy ahamiyat beriladi. Ana shu maqsadda ma’lum tur, odatda, bir turga oid hasharot hisobiga yashaydigan entomofag va Akarifaglardan zararkunanda hasharotlarning sonini tartibga solib turishda foydalanish yaxshi natija beradi. O’zbekistonda qonli bitga qarshi kurashishda foydali hasharotlardan biri bo’lgan va respublikaga 1931 yilda kelti- rilgan afelinus (Aphelinus mali Hald.), komstok chervesiga qarshi 1947 yilda keltirilgan psedafikus (Pseu-dophycus malinus Gah.) har tomonlama o’rganilgan, mahalliy sharoitga iqlimlashtirilgan va ular muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda. Qozog’istonda esa mevali daraxtlarda shiraning mahalliy turlariga qarshi kurashda uzoq Sharq xarmoniyasidan, terak parvonasiga qarshi kurashda uzoq Sharqdan keltirilgan yirtqich mirabilis qo’ng’izi (Aiolocaria mirabilis)fl aH foydalanilmoqda. Ad.: Konstantinov N. N., Morfologo-Fiziologicheskie Osnovi ontogeneza i filogeneza xlopchatnika, M.; 1967; Bondare n ko N. V., Biologicheskaya zashi- ta rasteniy, L., 1978; Belolipov I. V., Introduktsiya travyanistix rasteniy prirodnoy Flori Sredney Azii, T., 1989. Fayzulla Hojiev, Zohid Odilov, Sulton Alimuhamedov.