IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI
IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI, Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment (OECD) — Yevropadagi davlatlar birlashmasi. 1948-yilda AQSH tashabbusi bilan Yevropani tiklash bo’yicha Amerika iqtisodiy va moliyaviy yordamini (Marshall rejasi) oqilona ishlatish va shu yordamni oladigan Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik qilish maqsadlarida tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti vorisi tarzida tashkil topdi. Bu tashkilotni tuzish to’g’risida konvensiya 1960-yil 14 dekabr kuni Parijda imzolanib, 1961-yil 1-oktabrdan kuchga kirgan. Tashkilotda 34 mamlakat – Avstraliya, Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Gretsiya, GFR, Daniya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Turkiya, Fransiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va boshqalar qatnashadi. Tashkilotga a‘zo davlatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatish, davlatlar mintaqasida a‘zodavlatlar siyosatini muvofiqlashtirish nuli bilan iqtisodiy va ijtimoiy barkarorlikni ta‘minlashga hissa qo’shadi. Tashkilot faoliyatiga tashkilotda qatnashuvchi mamlakatlarning vakillaridan iborat kenash rahbarlik qiladi. Tashkilot idorasi Fransiya (Parij)da joylashgan.