Iridosiklit

Iridosiklit (lotincha iris – yoy va kyklos — aylana, itis — yallig’lanish) — ko’z rangdor pardasi bilan kipriksimon tanachasining yallig’lanishi. Revmatizm, sil, zaxm, streptokokk va stafilokokk infektsiyalari, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi va ko’zning shikastlanishi sabab bo’ladi. Iridosiklitda bemor yoruqqa qaray olmaydi, ko’zi yoshlanadi, qizaradi, xiralashadi va qattiq og’riydi, qovoqlari shishadi; rangdor pardoning rangi o’zgaradi, ko’zning shox (muguz) pardasi, shishasimon tanasi va gavhari xiralashadi, ko’z qorachig’i torayadi. Iridosiklitning oldi olinmasa, gyaaukomata olib kelishi mumkin. Davo: kasallikka sabab bo’lgan omilni bartaraf etish, mahalliy davo, antibiotiklar, tomir kengaytiruvchi dorilar va hokazolardan iborat.