Irqchilik

Irqchilik — irqiy kamsitish siyosati. Inson irqlarining jismoniy va ruhiy jihatdan har xilligi, irqiy tafovutlarning jamiyat tarixi va madaniyatiga hal qiluvchi ta’siri, odamlarning azaldan oliy va past irqlarga ajratilganligi haqidagi qoidalarga asoslanadi. Shu da’volarga ko’ra, oliy irqlar go’yo boshqa irqlar ustidan hukmronlik qilishga da’vat etilgan, tsivilizasiyaning birdan-bir bunyodkorlaridir, past irqlar esa yuksak madaniyatni yaratishga va uni hatto o’zlashtirishga ham qobiliyatsizdir. Frantsuz J. A. Gobino 19-asr o’rtalarida birinchi bor Irqchilik g’oyasini surib, oriylarni “oliy irq” deb e’lon qiladi. Irqchilik fashizmning rasmiy mafkurasiga aylangan. Irqiy kamsitish, kishilarning biron-bir guruhini irqiy va etnik alomatiga ko’ra majburan ajratish hamda aparteidni oqlashda Irqchilikdan foydalaniladi. Irqchilik sionizm bilan hamohang. Irqchilik xalqaro xamjamiyat tomonidan qabul qilingan bir qancha hujjatlarda, jumladan, irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to’g’risidagi xalqaro konventsiyada keskin qoralangan. O’zbekiston Respublikasi 1995 yil 31 avgustda mazkur Konventsiyaga qo’shilgan.