ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI

ISHLAB CHIQARISH ZAXIRALARI — korxonadagi hali i.ch. jarayonla- riga jalb etilmagan va ish o’rniga etib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z. xom ashyo, asosiy va qo’shimcha materiallar, yoqilg’i, sotib olinadi- gan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat bo’ladi. I.ch.z. ishlab chiqarish ja-rayonining uz- luksiz kechishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha bo’lishi (i.ch.ga zarur bo’lmagan zaxiralar)ga ham yo’l qo’ymaslik zarur. I.ch.z. natu- ral ko’rsatkichlar (og’irlik, hajm, dona, o’lcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi. Vazifasiga ko’ra, I.ch.z. joriy zaxira- lar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga bo’linadi. Joriy zaxira- lar har kuni muayyan maqsulot birligini i.ch. uchun ombordan (yoki to’g’ridan-to’g’ri etkazib beruvchidan) etkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi I.ch.z.ni et- kazib berish to’xtab qolganda i.ch. uzluk- sizligini ta’minlash uchun foydalani- ladi. Uning darajasi shoshilinch beril- gan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va o’tgan davrda etkazib berilgan I.ch.z. b-n kelgusida etkaziladigan zaxiralar ora- sidagi tafovut b-n belgilanadi. Bunda zaxiralarni etkazib berish ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib berish xarakteri va usuli, ular- ni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda etkazib be- rishga erishish, shu b-n bir qatorda mod- diy-texnika ta’minotini kengaytirish kerak bo’ladi. Tayyorgarlik zaxiralari etkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, sa- ralash, joylash, korxonaning tsexlari- ga etkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgar- lik zaxiralari birgalikda ombor zaxi- rasini hosil qiladi. Bundan tashqari, i.ch.ning boshi va oxirida vujudga kela- digan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslar- ning uzunligiga bog’liq. Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni i.ch. xarakteri va hajmiga qarab, me’yor darajasida yara- tish zarur. Umuman zaxiralar ma’lum darajada mablag’larni band qilib, i.ch. samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Sadir Salimov.