Ishoq ota maqbarasi

Ishoq ota maqbarasi – Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi me’moriy yodgorlik (10-11-asrlar). Maqbara bir xonali, murabba tarxli (7×7 metr), gumbaz tomli. Peshtog’i devordan 0,5 metr bo’rttirib ishlangan. Somoniylar maqbarasiga o’xshash g’ishtlari bezakli qilib terilgan, burchaklari ustunli, gumbaz osti bag’allari muqarnasli. Tarzlari markazida ravoq hosil qilinib, panjarasimon shaklda g’ishtlar terilgan. Janubiy tomondagi ravoqqa eshik o’rnatilgan. Ishoq ota maqbarasi O’rta Osiyodagi eng qadimgi yodgorliklardan biri hisoblanadi. Keyingi yillardagi ta’mir vaqtida peshtoqi suvalgan.