Ishoqova Malohat
Ishoqova Malohat (1925.15.1, Mar-G’ilon) — o’zbek raqqosasi, ba- letmeyster. O’zbekiston xalq artisti (1974). Yangiyo’l teatrida (1942-49), Muqimiy teatrida (1949-54) yakka raqqosa. Andijon teatrida raqqosa va bosh baletmeyster (1954— 80; 1989 y.dan). 1980-84 y.lar Andijon vilo- yat filarmoniyasining direktori. Usta Olim Komilov, M. Turg’unboeva, I. Oqilov, R. Karimova va b.dan raqs sir- larini o’rgangan. Ijodining shakllani- shiga M. Turg’unboevaning raqs yo’li kat- ta ta’sir ko’rsatgan. Raqslari nafis va nazokatli, shodon va mardonavorligi b-n ajralib turadi. “Tanavor”, “Munojot”, “Siynaxiroj”, “go’zal tong”, “nay na- vosi”, “Gulruh”, Buxorocha, tojikcha, xo- razmcha, hindcha va b. raqslarni mahorat b-n ijro etgan. “Aziz va sanam”, “nur- xon”, “Vatan ishqi”, “Nodira”, “Ravshan va Zul-xumor” kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Andijon vilo-yatida “qirq qiz”, “Andijon samo- si”, “baxt”, “Yoshlik” ashula va raqs an- sambllari, Andijon sh. 2madaniyat uyi qoshidagi “Maqomchilar” xalq ansambli- ning tashkilotchisi. It (Cams familiaris) — bo’risimonlar oilasiga mansub uy hayvoni. Hamma mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi ajdodi bo’ri. Mezolit davrida (mil. AV. 15— 10 ming yil) xo- nakilashtirilgan. I.larning hid bilish, eshitish va ko’rish organlari, shuningdek, miyasi yaxshi rivojlangan. Y.larda 42 tish bo’lib, qoziq tishi nihoyatda mustah- kam. Urg’ochisi 7-8 oyda, erkagi 10— 12 oyda jinsiy voyaga etadi, erkak I. arlon deb ataladi, qanjiklari (urg’ochilari) yiliga ikki marta kukjadi. Bo’g’ozlik davri 58-65 kun. 1-2 tadan 12-18 ta- gacha tug’adi. I.ning yangi tu-g’ilgan bola- si kuchuk deyiladi. Kuchuk bolalar ko’r, kar, tishsiz tug’iladi. Ko’zi 10-14 kun- dan keyin ochiladi, 5— 8 kundan keyin kuloklari eshita boshlaydi, sut tishlari 20-30 kunda chikali. Onasini 1 — 1,5 oy emadi, so’ngra boshqa ovqatlarni qam eyaveradi. I.lar 12-15 y., ba’zi zotlari 17 y.gacha yashaydi. I.larning bo’yi 16-18 sm dan 100 sm gacha, vazni 600 g dan 90 kg gacha boradi. Uy I.lari yovvoyilashishi ham mumkin. I.larning yovvoyi holda yashaydigan yagona turi Dingo iti, asosan, AV-straliyada tarqalgan (Kuril o.larida yovvoyilashgan xonaki I.lar uchraydi). Jahonda I.ning 400 dan ortiq zoti ma’lum. I. 3 ta asosiy guruhga: xizmat I.lari, ovchi I.lar, dekorativ I.larga bo’linadi. Xizmat I.lari qo’riqchilik va Max- sus xizmatlar (harbiy, qidiruv, qoro- vullik, kJ tashish)ni bajaradi. Ular boyloq, bo’sh yoki alohida kataklarda (xonalarda) boqiladi. Ularning zotla- ri ko’p. Mas, ovcharkalar, Doberman-PIN- Cher, boksyor, erdeler, kora terer, dog, senbernar, Nyufaunlend. Bu turdagi I.lar bo’ychan, sharoitlarga bardoshli, odam buyruklariga va ma-ShKlarga tez o’rganadi. Ular jang maydonlarida yara- dorlarni qidirib topish va olib chiqish, aloqa ishlari, minalarni, narkotik moddalarni topish kabi noyob ishlarni bajarishga qodir. O’zbekistonda xizmat I.laridan shar-qiy Evropa ovcharkalari keng tarqalgan. Inson uchun eng yaqin yor-damchi I.lar cho’pon I.lari hisoblanadi. Bun-Day itlardan bo’ribosar, Kav- kaz, mo’gul, shotland ovcharkalari chor- va podalarini bo’rilardan qo’riklash, podaningta-rqalib ketishiga yo’l qo’ymaydigan “po-dachilik” vazifalari- ni bajaradi. I.lar chekka shimolda chana- ga qo’shib, transport vositasi sifatida ishlatiladi (10-12 I. qo’shilgan chanada 400— 500 kg kjni bir sutkada 80-100 km masofaga etkazishi mumkin). Ovchi I.lar guruhiga mansub 100 dan ortiq zot mavjud, tozi, laycha, setter, poynter, Layka, iskovuch va b. Bular yov- voyi hayvon va parrandalarni topib, ovchilarga yordamlashadi. Ovchi I.lar b-n sport musobaqalari ham o’tka-ziladi. Uyda asraladigan dekorativ I.lardan uzun junli baroq I.lar, jingalak jun baroq I.lar, balonka, pakana zotli te- rer, pudel, Shpis, Pekin va yapon itla- ri, mopelar keng tarqalgan. Ular deyarli xo’jalik ahamiyatiga ega emas va ular- ni faqat I. ish-qibozlari urchitadi va boqadi. I.lar gijja, gelmintozlar, qirma temiratki, qo’tir, quturish kabi yuqumli kasalliklar b-n og’riydi. Bu kasalliklar I.dan odamlarga yuqishi ham mumkin. Shu sababli, I.lar xamisha veterinariya na- zoratida turadi, har yili ular Profi- laktika maqsadlarida quturishga, kuchu- klar esa o’latga qarshi emlanishi lozim (yana q. Itchilik, Itsimonlar). Rashid Ganiev.