Ishqorlar

Ishqorlar — suvda yaxshi eriydigan asoslar. Mendeleyev davriy sistemasi I va II guruhining asosiy guruhchasidan metall gidroksidlari va ammoniy gidroksid Ishqorlarga kiradi. Ishqorlar — oq, qattiq, gigroskopik (suvga o’ch) moddalar. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, masalan, LiOH, kon, NaOH kuchli asoslar bo’lib, o’yuvchi Ishqorlar deb ataladi. Ishqoriy- yer metallar gidroksidlari – sa(on)2, Va(on)2, Sr(OH)2 va NH4OH ancha kuchsiz asos hisoblanadi. Ishqorlar suvda to’la dissosiasiyalanib, metall va gidroksid ionlari hosil qiladi (masalan, o’yuvchi natriy (kaustik soda) Na+ va On~ ga parchalanadi). Bu jara-yonda ko’p issiqlik ajralib chiqadi. Tarkibida on” ionlari borligidan Ishqorlar eritmalari asoslarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi (vodorod ko’rsatkich — rn>7) va lakmusni ko’k, Fenolftaleinni qizil rangga bo’yaydi. Ishlab chiqarishda kuchli asoslar va kuchsiz kislotalar hosil qilgan ko’pgina kimyoviy birikmalar, mas, ishqoriy metallarning gidrosulfidlari — KSH, NaSH; karbonat kislotaning kaliyli va natriyli tuzlari — K2SO3, Na2CO3 va boshqalar ham, odatda, Ishqorlar hisoblanadi. Ishqorlar gazlama, ko’n (teri), qog’ozga kuchli ta’sir etib, ularni o’yib yuboradi. Badan terisi va shilliq pardalarni kuydiradi. Ko’zga ozgina tushea ham juda xavfli (ko’z ko’rmay qolishi mumkin). Ishqorlar bilan ishlaganda maxsus korjoma, rezina qo’lqop kiyib va himoya ko’zoynagi taqib olish zarur. Ishqorlar kimyo va oziq-ovqat, to’qimachilik, tsellyuloza sanoatida, tibbiyotda, qurilishda va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi.