Isikava Takuboku

Isikava Takuboku (taxallusi — Takuboku) (1885.28.10, Ivate viloyati — 1912.13.4, Tokio) — yapon yozuvchisi, adabiyotshunos. Ijtimoiy va ishqiy mavzudagi she’rlari jahon she’riyatining durdonalari hisoblanadi. Ilk she’riy to’plami “intilish va ehtiros” 1905 yil chop etilgan. “Bir siqim tuproq” (1910), “Sado va hushtak” (1911), “g’amgin o’yinchoq” (1912) to’plamlari, ayniqsa, kitobxonlar o’rtasida shuhrat qozongan. She’rlarining ko’pchiligi yapon she’riyatiga xos tanka va oq she’r janrlarida yaratilgan. Shoir tanka janriga chinakam demokratik mazmun baxsh etdi, uni yangi obrazlar va ritmlar bilan boyitdi. “Iste’dod qismati” (1906), “bizning ion guruhimiz” (1912) kabi romanlar muallifi. Isikavaning ko’pchilik she’rlari xalq ohanglari yo’lida aytiladigan yapon milliy qo’shiqlariga aylanib ketgan. Isikava hayotining so’nggi yillarida ijtimoiy masalalarga jiddiy e’tibor bergan. Isikavaning bir turkum she’rlari Hurshid Davron tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1989).