Iskandariya
Iskandariya, Aleksandriya — MAP shim.dagi shahar, Iskandariya muhofazasining ma’muriy markazi. O’rta dengiz sohilida, Nil daryosi del- ta-sining g’arbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996). Mil. AV. 332-331 y.larda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey dav- rida (mil. AV. 305 — 30 y.lar) Misr poy- taxti bo’lgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-a.da I. eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) bo’lib, unda taxm. 1 mln. aholi yashagan. I.da dunyoda eng boy ku-tubxona bo’lgan [q. Aleksandriya (Iskan-Dariya) kutub- xonasi]. 7-a.da I.ni arablar egallagan. Qohira sh. qurilgach (961 y.), I.ning mavqei pasaydi. 1517 y. I. Usmonli turklar tasarrufiga o’tdi. Muhammad Ali davrida (19-a. boshlari) I.da kat- ta qurilishlar amalga oshirildi; kema- sozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856 y. I. b-n Qohira o’rtasida t. i. o’tkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), I.da chet el ban- klari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kema- lari turadigan joy sifatida foyda- lanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-a.ning 20-50-y. lari) asosiy markazlaridan biri bo’lgan. I. iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-o’rinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yo’llari tuguni. Mar- ning asosiy dengiz porti (okean kema- lari ham kira oladi); kema katnaydi- gan Mahmudiya kanali orqali Nil b-n bog’langan. Suvaysh sh.dan I.ga Qohira va Tanta orqali neft quvuri o’tkazilgan. I. porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80% o’tadi (yuk ortib-tu- shirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsoz- lik, neft, kimyo, tsement, radio-texnika, to’qimachilik, oziq-ovqat, ko’n poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlan- gan. I. eski shahar va yangi shahardan ibo- rat. I.ning qad. qismida ko’chalar to’g’ri to’rtburchak asosida kesishgan (mil. AV. 4-a.da yunon me’mori Deynokrat loy- ihasi asosida bunyod etilgan); Pompey (yoki Diokletian) kolonnasi deb ata- luvchi ustun, nekropollar, katakombalar saqlangan. I. b-n damba (ko’tarma) orqali tutashtirilgan Faros o.da mil. boshla- rida “dunyoning etti mo”jizasi” dan biri sanalgan minora (mayoq) bo’lgan (hoz. uning o’rnida arablar bunyod etgan qal’a qoldiklari bor). I.ning yangi qismida keng ko’chalar, xushman-Zara dengiz bo’yi, zamonaviy ko’p qavatli shinam binolar, savdo muassasalari, dengiz vokzali, masjidlar, qasr-muzeylar (Ras at-tin, 19-a. boshi; Muntazo saroyi, 20-a. boshi; Muhammad Ali muzeyi, 20-a.), At-Tahrir Markaziy maydoni (19-a. 2-yarmi), un-t, ilmiy tadqiqot in-tlari, ko’plab muzey (jumladan, dengiz muzeyi, nafis san’at muzeyi), Milliy kutubxona va b. bor.