Iskandarshoh
Iskandarshoh, Iskandar Bitishgan (? — 1417) — Kashmir podshohi (1394-1417). Kashmirga Islom dinini olib kirgan Mir Shamsuddin Darveshning nabirasi. Otasi Sulton Qutbuddin vafot etgach (1394), taxtga o’tirgan. Davlatni mahorat va qattiqqo’llik bilan idora qilgan. Mamlakatdagi qindlarni Islomga da’vat qilib, ko’pchiligini masjidu jomelarda namoz o’qiydigan qila olgan, talaygina butxonalarni jangu janjalsiz buzdirishga muvaffaq bo’lgan. Shu bois xalq unga “bitishgan” degan faxriy laqab bergan. Amir Temur Hindistonga yurish qilganda, Sharafuddin Ali Yazdiyhshnt yozishicha, “Kashmir elchisikim, Iskandarshoxdin kelib erdi va izhori itoat qilib erdi. Bas, bu elchilarga kub nima berib, ijozat (berdi). Va Iskandarshohkim, Kashmirning podshohi erdi, anga aytib yibardikim, “Daybalpur shaxrida (o’z cheriki bila) kelib bizni ko’rsun!”.