Issiq

Issiq — sak qabilalarining mozor-qo’rg’oni (mil. AV. 5-4-a.lar). Olmaotadan 50 km Sharqda, issiq da- ryosi bo’yida joylashgan podshoh mozorqo’rg’onlari (jami 45) dan biri. 70-y.larda qo-zogiston arxeologiya eks- pedisiyasi (Akishev K. A.) tekshirgan. Bal. 6 m, diametri 60 m. Xodalardan ishlangan 2 qabr topilgan: biri talan- gan, 2 siga esa harbiy aslzoda — qabila boshligi ko’milgan. Undan 30 dan ziyod sopol, yog’och, kumush, jez idishlar, 4 mingdan ortiq tilla bezaklar, kumush qoshiq, 26 munchoq topilgan. Kiyim- larga taqiladigan oltin plastinka- lar va skiflarning “hayvon tasviri uslubi”da ishlangan oltin to’qalar (kiyik, yo’lbars, sher, qoplon, ot va tog’ echkilari yoki ularning boshi aks etti- rilgan), oltin isirg’a, uzuk, bo’yinga ta-qiladigan (3 qatorli oltin) halqa, jez ko’zgu, temir qilich va xanjar (oltin qadamalar b-n bezatilgan), burama Xan- jar ayniqsa mohirona ishlangan. Pay- kon tilladan yasalgan bo’lib, kamon tilla tasma b-n o’ralgan. Shuningdek, arxar, qushlarning haykalchalari ham topilgan. Buyumlarning yasalish usuli, badiiy ob- razlar ularning mahalliy ustalar tomo- nidan yasalganligidan dalolat beradi. I.dan topilgan qad. yozuv (kichik kumush idishdagi yozuv — 26 belgi) Ettisuv sa- klari jamiyatining rivojlanish dara- jasi bo’yicha Evrosiyoning o’sha davrdagi boshqa jamiyatlar b-n bir qatorga qo’yish imkonini beradi, chunki u O’rta Osiyo va Qozog’iston hududlaridagi eng qad. yozuv yodgorligi hisoblanadi. Turkiyshunos- lar (A. Amanjolov, A. Mahmudov) ning FIK-richa, u Urxun-Enisey yozuv yodgorli- gi alifbosining bir ko’rinishi — qad. turkiy tilning Oltoy dialektida bi- tilgan. /W.: Akishe v K. A., Kurgan Issik, M., 1978.