ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYALARI

ISSIQLIK ELEKTR STANTSIYALARI (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilg’ilarning issi- klik energiyasini elektr energiya-siga aylantiradigan qurilmalar maj-mui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (tru-balar) batareya- sidan iborat kozon tizimi, bug’turbina (bug’dvigatel) lari va turbogenerator- lar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bug’ga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Nati- jada turbina b-n mexanik bog’langan Ge- nerator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induk- tsiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishla-ti- ladigan yoqilg’i issiklik energiya-sining faqat 30% gina foydali elektr energiya- siga aylantiriladi, ya’ni IES ning foy- Dali ish koeffisienti (f.i.k.) ti=30% gateng) F. i. k. (t|) qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bug’bosimi ilo- Ji boricha yuqori qilinadi va turbine parraklaridan o’tib, ish bajarib bo’lgan bug’ning hammasi sovitkichlar vositasi- da sovitilib, qayta suvga aylantirila- Di (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IES ni kondensa- tsiey elektr st-yalari (kes) deyiladi va ularda f. i. k. qiymati h=30-35% gacha ko’tariladi hamda suv berk tizimda ayla – nishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni ta’mirlash ishlari ke- skin qisqaradi. IES lar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilg’i koni yaqinida quriladi. St-ya generator- laridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi iste’molchilarga kuchaytiruvchi trans- formator va yuqori voltli elektr uza- tish li-niyalari vositasida etkaziladi, qolgan qismi esa st-yaning o’z generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi trans- formator orqali beriladi (yana q. Is- sshushk elektr markazi). Elektr energiyasi b-n ta’minlash ko’lamiga qarab, I. e. s. tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xo’jalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga bo’linadi. I. e. s. yaxlit elektr tizilmalarga bir- lashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin. I. e. s. 19-a. 80-y. larida kurila bosh-lagan. Birinchi I. e. s. Nyu-Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki I. e. s. ni muhandis M. K. Polivanov Mos-kvada kurgan (1906). O’zbekistonda dastlabki I. e. s. 20-a. boshlarida ku- rilgan (q. Issiklik energetikasi). O’zbekistonda 10 ta I. e. s. ishlab tu- ribdi (2002). Respublikadagi eng yirik I. e. s. — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxia- tosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). I. e. s. avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilg’i yonish ja- rayonlari, qozonni suv b-n ta’minlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash to’la avtomatlashtirilgan. I. e. s. agre- gatlari Markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stantsiyasi, Ge- otermik elektr st-yalar, gelioenergetika elektr st-yalari ham I. e. s. hisoblanadi.