Issiqlik nasosi

Issiqlik nasosi – issiklik energetika kurilmasi. Vazifasi — past trali issiqlik bergich (mas, suv) issi- klik energiyasini yuqori trali issiklik qabul qilgichga uzatish. I. n. ning ishla- shi uchun tashqi energiya (mexanik, elektr, kimyoviy) sarf bo’lishi kerak. I. n. da sodir bo’ladigan jarayonlar sovitish ma- shinasida ish jismi amalga oshiriladi- gan jarayonlarga o’xshash; lekin sovitish mashinasida sovuq, I. n. da issiklik b-n ish ko’riladi. I. n., asosan, yuqori bosim- li kondensator, past bosimli buglat-kich, kompressor va drosselli ventildan ibo- rat. Rasmda isitish uchun mo’ljallangan I. n. sxemasi berilgan. Past t-Rada qaynovchi suyuklik (xlorometil, freon, ammiak) t-rasi uncha yuqori bo’lmagan suv havzasi issiqligi hisobiga bug’lanadi. Ajralgan bug’kompressorda siqiladi va isitish ti-zimidagi issiklik eltuvchi (ishlatilgan suv) sovitiladigan yuqori bosimli kondensatorda kondensatlana- Di. Suyuklik drosselli ventildan o’tib, bosimi pasayadi va bug’latkichga kiradi. Tsikllar shu tarzda takrorlanaveradi. Issiklik qabul qilgich ajratkichdan o’tgan issiklikdan tashqari sarflangan energiyaga teng issiqlikni ham olgani uchun I. n. elektr, mexanik yoki kimyoviy energiyani bevosita issiqlikka aylan- tiradigan qurilmalarga nisbatan ancha samarali hisoblanadi. I. n. binolarni isitishda va texnologiya jarayonlarida qo’llaniladi.