Istiqlol mafkurasi
Istiqlol mafkurasi – mil- lat va davlatning mustaqil rivoj- lanishini ta’minlashga qaratilgan g’oyaviynazariy qarashlar tizimi. I. m. istibdod mafkurasi va amaliyotiga qarshi, ozodlikka intilish zarurati tu- fayli paydo bo’ladi. Uning asosiy vazi- fasi ozod va erkin taraqqiyot yo’lidagi olijanob maqsadlar atrofida xalqni birlashtirish, ulkan bunyodkorlik ish- lariga safarbar etish, unda g’oyaviy im- munitet, mustaqillikka erishguncha xalqning orzu, maqsadini ifodalash, keyin esa mustaqillikni mustahkamlash omili hisoblanadi. Ozodlik yo’lidagi intilishlar qonga botirilganini ko’rsatuvchi misollar jahon xalqlari ta- rixida ko’plab topiladi. I. m. olg’a sur- gan hayotbaxsh qarashlar hech qachon izsiz ketmagan, bu qarashlar yangi sharoit va vaziyatlar vujudga kelganda mustaqillik uchun kurashni tay-yorlashga xizmat qilgan. Mustaqillik-ka erishgandan keyin I. m.ning maz-muni mustaqillik davri oldida turgan yangicha vazifalar- da yorqin namoyon bo’ladi. Bu davrda u mustaqillikning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, huqu-qiy va ma’naviy asosla- rini mustah-kamlashni g’oyaviy jihatdan ta’minlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Mamlakatimiz xalqi ongida “O’zbekiston — yagona Vatan” degan tu- shunchani qaror toptirish I. m.ning muhim va-zifalaridan biridir. I. m. yurtimizda istiqomat qilayotgan tur- li xalq va millat vakillarida yagona Vatan farzandi ekanligi b-n faxrla- nish tuyg’u-sini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonning I. m. istibdod illatlariga barham berish, mustaqillik, ozodlik va bunyodkorlik kabi qad-riyatlarning ma’nosini chuqur anglab etish, uni odamlarning qalbi va ongiga singdirish, jamiyat hayotida ogohlik, hamkorlik, milliy totuvlik muhitini ta’minlashni o’zida ifodalay- Di (yana q. Milliy mafkura). Ad.: Milliy istiklol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, T., 2001. Qiyom Nazarov, Gulnora Ibrohimova.