Izboskan tumani
Izboskan tumani – Andijon viloyati shim.da joylashgan. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Andijon vilo- yatining Paxtaobod, Andijon, Baliqchi, Oltinko’l tumanlari, Namangan viloya- ti, Qirg’iziston Respublikasi b-n chega- radosh. Mayd. 0,28 ming km2. Aholisi 170,6 ming kishi (2001). I.t.da 1 shahar (Poytug’) va 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Izboskan, Namuna, Shermatobod, Er- kin, Yakkatut, yangi-zamon, Yangiqishloq, O’rtoklar, qizil Yulduz) bor. Markazi — Poytug’sh. Tabiati. I.t. relefi asosan past- tekislik bo’lib, Jan.-g’arbga tomon Pa- sayib boradi. Shim. qismi Moylisoy adirlaridan iborat. Iqlimi mo”tadil ikdim. Iyulning o’rtacha t-rasi 27°, yanv. niki — 3°. Vegetasiya davri 240-255 kun. Yiliga o’rtacha 300— 500 mm yog’in tushadi. Tuman hududidan katta Farg’ona kanali, Qoradaryo, Moylisoy, Tentaksoy oqib o’tadi. Asosan, bo’z tuproq, to’q va och tusli o’tloqi, botqoq-o’tloqi tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi o’simliklardan yulg’un, qamish, yantoq, sho’ra va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyabo’ri, tulki, bo’ri, qobon, yovvoyi echki, kemiruvchilardan suv kalamushi, qushlardan kaptar, tus- tovuq, o’rdak, g’oz, laylak, kaklik, bedana, qorabovur, burgut, boyo’g’li, qaldirg’och, chumchuq, bulbul, zog’cha, qarg’a, hakka va b. yashaydi. Aholisining aksari qismi o’zbeklar (99,7%). 1 km2 ga o’rtacha 609 kishi to’g’ri keladi. Xo’jaligi. I.t.da Poytug’ip yigi- ruv va to’quv f-kasi, Chuvama ip yigiruv f-kasi, Izboskan shoyi to’qish f-kasi (kimyoviy xom ashyo asosida), To’rtko’l poy- Abzal f-kasi, gaz to’ldirish st-yasi ishlab turibdi. 450 dan ziyod kichik va xususiy korxona, shuningdek, qo’shma korxonalar tashkil etilgan. Q. x.ning asosiy tarmog’i — Paxtachi- lik va g’allachilik. Sabzavotchilik, po- Liz ekinlari etishtirish, bog’dorchilik ham rivojlangan. Umumiy ekin mayd. 16,3 ming ga, shundan 8,8 ming gektarga paxta, 5,9 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. 585 ga er bog’, 64 ga tokzor. Tu- manda 15 shirkat xo’jaligi, aktsiyador- lik jamiyati, xujaliklararo chorvachi- lik korxonasi, “Istiqbol” chorvachilik korxonasi, meva-ko’chatchilik tajriba xo’jaligi, urug’chilik tajriba xo’jaligi, o’rmonchilik xo’jaligi (Qoradaryo o’rmon xo’jaligi, 161 ga; Qorako’l o’rmon xo’jaligi, 22 ga; Lug’umbek o’rmon xo’jaligi, 87 ga) mavjud. Tuman shir- kat va shaxsiy xo’jaliklarida 32,3 ming qoramol, shundan 14,5 ming sigir, 27,8 ming qo’y va echki, 622 ot boqiladi. Tuman hududidan avtomobil yo’llari, Andi- jon — Uchqo’rg’on (15 km) t.y. o’tgan. 50 ga yaqin umumiy ta’lim maktabida qariyb 40 ming o’quvchi, kasbhunar biz- nes maktabida 670 o’quvchi, 2 lisey-in- ternatda 236 o’quvchi, tasviriy san’at li- Tsey-internatida 312 o’quvchi, 1 gimnaziya- da 300 dan ziyod o’quvchi ta’lim olmoqda. Tumanda millim bank bo’limi, marka- ziy kutubxona, 35 jamoat kutubxonasi, musiqa maktabi, Markaziy madaniyat uyi, 2 avtoklub, “Oltin soz” xalq ansambli, o’lkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 4 ta 620 o’rinli kasalxona, 20 o’rinli Xu- susiy kasalxona, 8 qishloq vrachlik sho- xobchasi, 8 vrachlik ambulatoriyasi, 38 feldsher-akusherlik shoxobchasi va b. faoliyat ko’rsatmoqda. Jami 275 vrach va o’rta ma’lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1929 y.dan “Paxtakor” tuman gaz. nashr etiladi (adadi 2150).