Izomorfizm
Izomorfizm (izo… va Yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning o’zgaruvchan tarkibli bi- rikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. I. hodisasini bi- rinchi marta 1819 y. nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifa- tida taklif qilgan. I. tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan bo’lib, er po’stining turli termodinamik zona- larida uchraydi. Elementlarning o’zaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, Kristal- lokimyoviy xususiyatlari (koordinasiya soni, va-lentligi, strukturasi, kri- stallanish sistemasi) va tabiiy termo- dinamik sharoitlar (t-ra, bosim, paydo bo’lgan chuqurligi va joyi)ga bog’liq. Tek- shirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) I.lar borligi aniqlangan. Izovalentli I. uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng bo’lgan Mg2+ va G’e2+ misol bo’la oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkin- chisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz I. aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo bo’ladi. Plagio- klaz guruxdtsagi Sa2+ b-n Na+ kationla- rining o’rin almashishi geterovalentli I.dir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng bo’lgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng bo’lgan Sa2+ katio- ni b-n o’rin almashadi. I. aralashmalari cheksiz va cheklangan bo’ladi. Cheklangan I.da elementlar o’zaro ma’lum mik- dordagina aralashma hosil qila oladi. I. Hodi-sasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shu- ningdek, sintez usulida olingan, zamo- naviy texnikada qo’llaniladigan yarim o’tkazgichlar, ferromagnetiklar, pe-zo- va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va b.ning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi.