Izotoplar
Izotoplar (izo… va Yun. topos — joy, o’rin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlari teng, at.m.lari har xil bo’lgan atom turlari. I.ning atom yadro- sidagi protonlar soni teng, ney-tronlar soni esa har xil (atom qobi-g’idagi elektronlar soni ham teng) bo’lganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil bo’ladi. Ele- mentning I. i yadro zaryadiga, atom yadro- sidagi neytronlar soniga, binobarin, at. m.ga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy element- lar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Mas, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bu- larning hammasi davriy sistemada bi- rinchi o’rin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil bo’lgan atomlar I.dan farq qilib izobara-l a r , yadrosidagi neytronlar soni bir xil bo’lgan atomlar esa izotonlar deb atala- Di. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron bo’lsa, yadrosi murak- kablashadi, at.m. 2 ga teng bo’ladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylana- veradi. Bu vodorod atomi bo’lsada og’ir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Og’ir vodorodning kislorod b-n biri- kish reaktsiyasidan og’ir Su v olinadi. Deyteriy yadrosiga bitta neytron qo’shilsa, o’ta og’ir vodorod — tritiy, uning kislorod b-n reaktsiyasi nati- jasida suv hosil bo’ladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir I.i, ulardan hosil bo’lgan suvlar kimyoviy xossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari b-n bir-biridan ke- skin farq qiladi. Tabiatdagi kupchilik kimyoviy elementlar aralash I.dan ibo- rat, deyarli hamma elementlarda I. mav- jud. Mas, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Hozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radio- aktiv I. ma’lum. Sun’iy I.dan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilg’i sifatida foydalaniladi.