JAHON XO’JALIGI

JAHON XO’JALIGI – jahon xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etuvchi va jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali bog’liq bo’lgan mamlakatlar milliy xo’jaliklari yig’indisi. XVI asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli rivoj topgan, ayniqsa, II Jahon urushidan keyin avj olgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmuyi. Xalqaro mehnat taqsimoti bu xo’jalikning moddiy asosini tashkil etadi. Xalqaro integratsiyada baynalmilallik xos.