JAMI TAKLIF

JAMI TAKLIF – iqtisodiyot ishlab chiqaradigan hamma tovar va xizmatlar; mumkin bo’lgan har bir baho darajasidagi ishlab chiqarishning real hajmi. Unga baho ta’sir etadi. Bu ta’sir proporsionaldir, ya’ni baho darajasi o’sgan sari jami taklif miqdori ham o’sadi. Undan tashqari, jami taklifga resurslarga baholarning o’zgarishi, ishlab chiqarish unumdorligining o’sishi va shu kabi omillar tasir ko’rsatadi.