JAMIYAT

JAMIYAT — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma‘naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moe keluvchi munosabatlardir. Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning o’z siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi o’rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o’z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi.