Jeoda

Jeoda (Fransuzcha geode) — yumaloq yoki oval shakldagi mineral agregatlar. Cho’kindi tog’ jinslaridagi bo’shliklarni minerallar bilan to’lishidan hosil bo’ladi. Jeodaning ko’ndalang kesimi bir necha millimetrdan 1 metrgacha va undan kattaroq. Jeoda markaziga tomon minerallar qat-qat joylashib kontsentrik qavatlar xosil qiladi (Masalan, agatlar). Mineral qavatlari rangi va tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Jeodaning ichidagi bo’sh joylar ko’pincha mineral druzalari bilan to’ladi. Jeodalar yaxshi jilolanadi. Undan bezak buyumlari tayyorlanadi.