Jinsiy xromosomalar

Jinsiy xromosomalar – ayrim jinsli organizmlarda har xil jinslarga kiruvchi individlarning kariotiplaridagi farqlarni belgilovchi xromosomalar. X (iks) bilan belgilangan ikkita bir xil jinsiy xromosomalarga ega bo’lgan organizmlar gomogametali Djins deb ataladi. Odam, sut emizuvchilar, bir qancha hasharotlar, Masalan, drozofilada urg’ochisi gomogametali, ya’ni XX xromosomali, erkaklari geterogametali hisoblanadi. Geterogametali jins xromosomalari Xu (Xu tipi) yoki yagona X xromosomaliga (xo tipi) ega bo’ladi. Meyozda gomogametali jins faqat bir xil, ya’ni X xromosomali gametalarni, geterogametali jins teng miqdorda X va u xromosomali gametalarni hosil qiladi (Xu tipida). Xo tipida hujayralarning teng yarmi xromosomali, qolgan yarmi jinsiy xromosomaga ega bo’lmaydi. Tuxum hujayra X xromosomali urug’ hujayra bilan urug’langanida zigota XX xromosomali bo’lib, undan urg’ochi organizm, u xromosomali urug’ bilan urug’langanida esa zigota Xu xromosomali bo’lib, undan erkak organizm rivojlanadi. Qandala va chigirtkalarning urg’ochisi gomogametali (XX), erkaklari, aksariyat hollarda, geterogametali (xo) bo’ladi. Qushlar, kapalaklar, ayrim sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilarning urg’ochilari geterogametali (Xu), erkaklari gomogametali (XX) dir. Bunday hollarda tuxum hujayralar X yoki u xromosomaga, urug’hujayralari esa faqat bir xildagi X xromosomaga ega bo’ladi.