JO’Y

JO’Y — ayriq, kanal (tarixiy manbalarda). Hozirgi paytda esa, asosan, Buxoro va Samarqand viloyatlarida ariq, ba’zan kichikroq kanal Jo’y deb ataladi. Hozirgi o’zbek adabiy tilida bu so’zning kichraytirilgan (diminutiv) shakli — jo’yak saqlanib qolgan. Jo’y joy nomlari tarkibida uchraydi (Jo’yidam, Jo’yinav, Jo’yiqo’rchi va hokazolar).