JURUA

JURUA — Braziliyaning g’arbidagi Daryo, Amazonkannng o’ng irmog’i. Uzunligi 3280 kilometr, havzasining maydoni 224 ming kilometr kvadrat. Peru and tog’lari (Mantanya tog’lari) etagidan boshlanib, o’rta va quyi oqimida Amazonka pasttekisligidan o’tadi. Yomg’irdan suv oladi. Yanvardan maygacha sersuv, avgust—oktabrda sayozlanib qoladi. O’rtacha suv sarfi 9000 metr kub/ sekund. Kruzeyru-du-Sul shahridan boshlab kema qatnaydi.