KALAMITNAMOLAR

KALAMITNAMOLAR (Calamitales)— qirilib bitgan bo’g’im ta- nali o’simliklar qabilasi; ulkan qirqbo’g’imlarni eslatadi. Bo’yi 8-12 m, diametri 0,5—1 m bo’lgan. Po- yasi bo’g’imlar (tugunlar) b-n bo’g’im oraliqlariga ajralgan. Novdalarining bo’g’imlarida shoxlari yoki bir tomirli oddiy chiziqsimon barglari to’p-to’p joy- lashgan. K.ning sporali qubbalari galma- gal joylashgan mevalaydigan va mevala- maydigan (steril) barglardan iborat bo’lgan. K. anatomik tuzilishiga ko’ra, qirqbo’g’imlardan ikkilamchi yog’ochining kuchli rivojlanganligi b-n farq qilgan, lekin tanasi o’zakning barvaqt emirili- shi natijasida qirqbo’g’imlarning po- yasidek g’ovak bo’lgan. K.ning asosiy tur- kumi— CalamitesHHHr 3 kenja turku- mi bo’lgan. Sodda K. (osterokalamitlar) devon davrining oxirida paydo bo’lib, toshko’mir davrining o’rtasida qurib bitgan. Ularning o’rnini asl K. egallab, bular ham o’z navbatida Perm davrida yo’q bo’lib ketgan. K. tropik zonaning past va ko’pincha,botqoq erlarida juda ko’p tarqalgan edi.