Kaliyli tuzlar

Kaliyli tuzlar – suvda oson eriydigan kaliyli, kaliy-natriyli va kaliy-magniyli minerallardan hosil bo’lgan cho’kindi xemogen jinslar. Muhim minerallari: silvin, silvinit, kar- nallit, kaliyli dala shpati (ortoklaz), muskovit (kaliyli slyuda), poligalit, kainit, langbeynit, alunit va b. K.t. quyuqlashib kon xreil qiluvchi cho’kindi hosilalardir. Tabiatda osh tuzi b-n birga qalinligi bir necha sm dan o’nlab m gacha qatlam yoki linza ko’rinishida uch- raydi. Maydoni bir necha km2 dan ming km2 gacha (konlari, havzalar) bo’ladi. Ko’p hollarda suv havzalariga silvin (KCL) va natriyli tuz-galit (№S1)ning kelib tushishi natijasida hosil bo’ladi. Suv- ning sho’rligi 32-35%s ga etganda K.t. cho’ka boshlaydi. K2O rudasining sano- at ahamiyatiga molik tarkibi 12-30%. O’zbekistonda Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari, shuningdek, Krraqalpog’istonda (Tubegatan koni) K.t. konlari topilgan. K.t.ning katta uyumla- ri ko’l yotqiziqlarida (Eritreya) va o’lik dengiz namakoblarida mavjud. Dunyodagi yirik havzalari: Stassfurt (Germaniya), Elzas (Frantsiya), yuqori Kama (RF), Qozog’iston g’arbida, Karpat oldi (Ukra- ina), Pripyat (Belorussiya), Delaver (AQSh), Saskachevan (Kanada) va b. K.t. kimyo sanoatida kaliyli o’g’itlar olishda asosiy xom ashyo xisoblanadi. Shuning- dek, elektrometallurgiya, tibbiyot, pi- rotexnikada, oyna-shisha, bo’yoq kabilar i.ch.da qo’llaniladi.